Lola - Yaralangan qanot

Begona bir shahar, yolg`izlangan xona,
Yig`laydi tong qadar, qaytishiga ishonar.
Yuragiga sig`mas, kipriklar namlangan,
Nahotki u emas, nahot u aldangan?

Yig`lardi zora-zora, yolg`izlikdan bechora,
Umidlar birma-bir so`nib borar tobora.
Qayg`ularning cheki yo`q, savollarning oxiri,
Nahotki shu bo`lsa sevgining taqdiri?

Nimadandir ovunasan, halovating bilmaysan,
Keyin o`ylayverib, yig`laysan tinmaysan.
Qarasang o`zingga, o`zing emassan nega,
Bir qanoti singan qush turar aksingda.

Yaralangan bir qanot bilan uchar bir qushcha,
Uch, taqdir bevafo, o`ksib yig`laydi qizcha.
Yaralangan bir qanot bilan uchar qaygacha?
Bu qilmishing albat o`zingga qaytadi yigitcha!
Faqat yig`lama, qizcha.

Begona bir shahar, yolg`izlangan xona,
Yig`laydi tong qadar, qaytishiga ishonar.
Yuragiga sig`mas, kipriklar namlangan,
Nahotki u emas, nahot u aldangan?



Бошка кушик матнлари:


Rayhon - Qaytadi
Subxan - Lola
Shoxrux - Hayr bevafo
Nelly Furtado - Más
Sarvar va Komil - Sen yig’lama


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты