(Version 1)
Sen yig’lama,
Ko’zda yoshing ko’rish uchun kelganim yo’q,
Sen yig’lama,
Yuragingni so’rash uchun kelganim yo’q.
Sen so’zlama
Armonlarga singib bo’lgan orzularni,
Sen yig’lama,
Hali bir kun unutarsan qayg’ularni.
Shunchaki orzular so’ndi,
Shunchaki yuragim ko’ndi,
Nega o’yin qilding sevgim,
Sababi yo’q.
Nahotki sevganing yolg’on,
Nahot endi sevgim armon?
Shunchaki ovuntirganing
Keragi yo’q.
Sen ayblama,
Umidlari so’nib bo’lgan yuragimni,
Sen o’ylama, sen o’ylama,
Endi kimga keragimni.
Sen yig’lama,
Ko’zlarimdan achchiq ko’z yosh kelsa ham,
Sen yig’lama,
Afsuslardan yuraging to’lib ketsa ham.
Shunchaki orzular so’ndi,
Shunchaki yuragim ko’ndi,
Nega o’yin qilding sevgim,
Sababi yo’q.
Nahotki sevganing yolg’on,
Nahot endi sevgim armon?
Shunchaki ovuntirganing
Keragi yo’q. (x2)
Sen yig’lama…
(Version 2)
Sen yig’lama,
Ko’zda yoshing ko’rish uchun kelganim yo’q,
Sen yig’lama,
Yuragingni so’rash uchun kelganim yo’q.
Sen yig’lama,
Ko’zlarimdan achchiq ko’z yosh kelsa ham,
Sen yig’lama,
Afsuslardan yuraging to’lib ketsa ham.
Osmonlarda parvoz aylardi ishqu muhabbat,
Qizig’i yigitning muhabbati chin edi, shubhasiz albat,
Qiz suyanar edi sevgan yigitiga,
Yigit jonin berardi sevgan qiziga.
Baxtli yurishardi, birga bo’lishni orzu qilishardi,
Shu zaylda kunlar o’tdi, oylar o’tdi,
Vaqti kelib qizning otasi bundan xabar topdi
Va ularning orasiga chiziq tortdi.
Qiziga otasi qo’ydi bir shart:
Bu yigitning sevgisin etasan rad,
Men tanlaganga tegasan faqat,
Sababi teng tengi bilan bo’lmog’i shart,
Mening gapim bitta qolmog’i kerak.
Shu onda qizning qalbiga qadaldi pichoq,
Nima qilishini bilmay o’ylardi uzoq,
Tahdid qildi otasi yigitning yo’liga qo’yaman deb tuzoq.
Nima ham qilolardi bechora Layli –
Voz kechdi Majnunidan, otasi tufayli.
Shunchaki orzular so’ndi,
Shunchaki yuragim ko’ndi,
Nega o’yin qilding sevgim,
Sababi yo’q.
Nahotki sevganing yolg’on,
Nahot endi sevgim armon?
Shunchaki ovuntirganing
Keragi yo’q.
Savollarga ko’milib yigit bechora
Sabrsiz ayriliqqa ko’ndi nachora,
Bevafo deb o’ylab ojiz Laylini,
Hech bo’lmasa sababin aytsa maylidi, –
Deya tunu-kunini g’amda o’tkazar.
Shu payt Laylining qo’lini boy yigit tutar,
Hammaning yuzida quvonch, hursand va shodon,
Faqat qizning qalbida qiynalar vijdon.
Ko’pga cho’zilmasdan bu quvonch-shodlik
Qiz uyga qaytdi og’ir qayg’uli.
Bechora Laylini qiliblar ko’p xor,
Bu ishda Laylini ayblamang zinhor.
Balki ota tanlaganida mansab emas baxt,
Balki Layli o’shanda yigitiga aytganida ne sabab,
Agar Majnun ham oxirigacha kurashganida
Barchasi o’zgararmidi, bo’lmasdi bevaqt.
Qalbda qayg’ular bilan Layli yigitin qo’msar,
Majnun ham Laylini so’ngi bor ko’rmoqlik istar.
Sen yig’lama,
Ko’zda yoshing ko’rish uchun kelganim yo’q,
Sen yig’lama,
Yuragingni so’rash uchun kelganim yo’q.
Sen yig’lama,
Ko’zlarimdan achchiq ko’z yosh kelsa ham,
Sen yig’lama,
Afsuslardan yuraging to’lib ketsa ham.
Sen yig’lama…
Бошка кушик матнлари: