Ahror Usmonov - Borgan sari

Bizga bahor begonadir borgan sari,
Ko`nglimiz ham vayronadir borgan sari. (x2)
Shodon yelib yurar edik avvallari,
Endi umr g`amxonadir borgan sari. (x2)

Bizga bahor begonadir borgan sari,
Ko`nglimiz ham vayronadir borgan sari.

Toliqdimi yashamoqdan jismi jonim,
Tan ichra dard pinhonadir borgan sari. (x2)
Shifo so`rab borsam manzil makonlarga,
Topar joyim xilxonadir borgan sari. (x2)

Bizga bahor begonadir borgan sari,
Ko`nglimiz ham vayronadir borgan sari.

Do`stu yor ham yiroqlashib sekin-sekin,
Adolatlar xufiyonadir borgan sari.
Izlanaman, yig`lanaman ruhim tiyor,
Yolg`iz Xudo hamxonadir borgan sari.

Shoshdan ketar bo`lsa, Chorsham borgan yeri {x2}
Boxoroyu Farg`ondadir borgan sari.
Shoshdan ketar bo`lsa, Chorsham borgan yeri
Boxoroyu Farg`ondadir borgan sari.

Bizga bahor begonadir borgan sari,
Ko`nglimiz ham vayronadir borgan sari. (x2)

Ko`nglimiz ham vayronadir borgan sari… {x2}



Бошка кушик матнлари:


Adi - Ro’mol
Leyla - Yor-yor
Davr guruhi - Yor-yor
Sherzod Bek - Yor-yor
Botir Qodirov - Do’stu dushman oldida


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты