Nuriddin Hamroqulov - Jonim xayoling

Ko`zim qarosidur yuzingda xoling,
Diydamda aksidur ruxsori oling.
Hayotim ziynati – qaddu niholing,
Nafas yiroq tutma oydek jamoling,
Payvandi rishtayi jonim xayoling.

O`rgilayin nigohing – qiyg`ochingdan,
Titrayman sho`x qoshing – qaldirg`ochingdan,
Qaddingga o`lchab o`stirgan sochingdan,
Nafas yiroq tutma oydek jamoling,
Payvandi rishtayi jonim xayoling.

Malohatda deding, jonim, oychaman,
Hajringda dog`lanib, kuydim, oy chaman,
Yuzing ko`rib, bo`ldi husni boy chaman,
Nafas yiroq tutma oydek jamoling,
Payvandi rishtayi jonim xayoling.

Payvandi rishtayi jonim xayoling…



Бошка кушик матнлари:


Abzal Husanov - Bog’lanib qoldim
Og'abek Sobirov - Dog’iman
Jahongir Otajonov - Qaldirg’och
Ozodbek Nazarbekov - Qaldirg’och
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты