Guli Asalxo'jayeva - Sevgi farishtasi

[Guli Asalxo`jayeva]
Meni oshiqlar, sevgi farishtasi, deydilar,
Bedor bo`lgan dillarning sarishtasi, deydilar.
[Murod Manzur]
Afsonaviy bu ishqqa ko`plarni duch qilarsan,
Qaylardadir sevganim? Balki topib berarsan?

[Guli Asalxo`jayeva]
Hoy-hoy, aytvolay, to`xta, oldin topvolay,
Qaylardadir sevganing, sen bahona bilvolay.
[Murod Manzur]
Hoy-hoy, aytvolay, to`xta, senga yetvolay,
Qaylardadir sevganim, sen bahona bilvolay.

[Guli Asalxo`jayeva]
Balki budir sevganing yo unisi suyganing,
Men yondirgan muhabbat olovida kuyganing.
[Murod Manzur]
Faqatgina adashma, chiroyiga qamashma,
Sevgida men o`jarman, men bilan gap talashma.

[Guli Asalxo`jayeva]
Hoy-hoy, aytvolay, to`xta, oldin topvolay,
Qaylardadir sevganing, sen bahona bilvolay.
[Murod Manzur]
Hoy-hoy, aytvolay, to`xta, senga yetvolay,
Qaylardadir sevganim, sen bahona bilvolay.

[Guli Asalxo`jayeva]
Senga aytsam, qizlarning chiroylisi bo`lmaydi,
Oyna oldidan ketmas, ishidan ko`ngling to`lmaydi.
[Murod Manzur]
Bu gaplardan bosh qotdi, tunlar cho`kib, tong otdi,
Gaping bo`lsa tezroq ayt, chunki qo`lim sovqotdi.

[Guli Asalxo`jayeva]
Hoy-hoy, aytvolay, to`xta, oldin topvolay,
Qaylardadir sevganing, sen bahona bilvolay.
[Murod Manzur]
Hoy-hoy, aytvolay, to`xta, senga yetvolay,
Qaylardadir sevganim, sen bahona bilvolay.

[Guli Asalxo`jayeva va Murod Manzur]
Hoy, bir nima de, dillar kulsin, kel,
Menga shu kerak, bizga bir nima de. (x2)

(Senga maslahat, jo`ra,
Bo`lmasdan kuyovto`ra,
Sen bu qizni mahalladagi
Yigitlardan bir so`ra.

Tekin maslahat bular,
A keyingisiga pul to`la.
Agar aqchang bo`lmasa,
Bu yog`i naqoratmas, anavi nimeydi?
Ha, “solo”!)

[Guli Asalxo`jayeva]
Hoy-hoy, aytvolay, to`xta, oldin topvolay,
Qaylardadir sevganing, sen bahona bilvolay.
[Murod Manzur]
Hoy-hoy, aytvolay, to`xta, senga yetvolay,
Qaylardadir sevganim, sen bahona bilvolay.



Бошка кушик матнлари:


Abdulla Qurbonov - Aldab nima qilarsan
Shaydo guruhi - Afsonaviy yillarim
Shahzoda - Dunyo
Bojalar guruhi - Yorim
Mahmud Namozov - Surxondaryo qizlari


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты