Gulsanam Mamazoitova - O’zbekiston

Olisdagi mahmadona, ey eski olchoq,
Menga qadam tashlamoqni o`rgatmagin sen.
O`zingga boq, keyin mayli nog`orangni qoq,
Menga qanday yashamoqni o`rgatmagin sen.

Tinchlik, deya yurak-bag`ri kuyuk eldir bu,
Yaratganning qoshidagi suyul eldir bu,
O`tmishi ham kelajagi buyuk eldir bu,
Menga qanday yashamoqni o`rgatmagin sen.

Agar jannat ko`kda bo`lsa, ostidadur O`zbekiston,
Agar jannat yerda bo`lsa, ustidadur O`zbekiston.
Agar jannat ko`kda bo`lsa, ostidadur O`zbekiston,
Agar jannat yerda bo`lsa, ustidadur O`zbekiston.

Dala-dashtlar o`z-o`zidan Eram bo`lmagay,
Lekin sendan beminnat Karam bo`lmagay,
O`zbek eli hech kimsaga qaram bo`lmagay,
Menga qanday yashamoqni o`rgatmagin sen.

Kitobingda daholarim so`zlari bordir,
Devoringda bobolarim izlari bordir,
Mag`rur xalqning etu tirnoq do`stlari bordir,
Menga qanday yashamoqni o`rgatmagin sen.

Agar jannat ko`kda bo`lsa, ostidadur O`zbekiston,
Agar jannat yerda bo`lsa, ustidadur O`zbekiston.
Agar jannat ko`kda bo`lsa, ostidadur O`zbekiston,
Agar jannat yerda bo`lsa, ustidadur O`zbekiston.
O`zbekiston…



Бошка кушик матнлари:


Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin
Farhod va Shirin, Farrux Zokirov, Gulsanam Mamazoitova, Milena Madmusayeva, Nasiba Abdullaeva, Ozodbek Nazarbekov, Ramz Usmonov - Tinchlik uchun
Qilichbek Madaliyev - O’zbek emas
Abdulhay Karimov - Otalar
Tohir Sodiqov - Eski shahar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты