Tavakkal Qodirov - Dog’man

Ko’rdim yuzingni, qolmadi bir zarra toqatim,
Tun kechalarda yo’q maning bir dam farog’atim.
Zahru beshakga og’zima ketdi halovatim,
Bilmas kishi tani bilan chekgan nadomatim,
Hajringda dardu g’am bilan hasratda dog’man.

Ishqingda zor bo’ldimu, g’amgin dimog’man, {x2}
Bemori furqatingmanu, zohirda sog’man.
Aqlu-hushim saning bila, o’zdin yiroqman,
Ko’rsat yuzingni, tolibi nuri charog’man,
Hajringda dardu g’am bilan hasratda dog’man. {x2}

O’ldim jamoling shavqida, darding ololmadim,
Boshingdan, ey sanam, nega men o’rgilolmadim?
Bir lahza ishrat uyida majlis qurolmadim,
La’li labingning qandini bir dam so’rolmadim,
Hajringda dardu g’am bilan hasratda dog’man. {x2}

Sensan parivash ahlining sho’xi zamonasi,
Menman sening g’aming bila olam afsonasi.
Ko’ngul xushining boisi, changu taronasi,
Zulfingning domi-yu yana xolingning donasi,
Hajringda dardu g’am bilan hasratda dog’man. {x2}

Zolim falak firoqingga soldi meni, netay,
Qandoq g’amingni siynada eldin nihon tutay?
Sabru qarorim qolmadi, ey jon, nechun, netay?
Majnuni bedavo kibi yo bosh olib ketay,
Hajringda dardu g’am bilan hasratda dog’man. {x2}

O’lsam edi visolingga parvonadek kuyub,
Jon bersam erdi boshimni ostonangga qo’yub.
Maxmurlikda bodayi vasling bila to’yub,
Noqisligimda ko’ksimni tiyrimijang o’yub,
Hajringda dardu g’am bilan hasratda dog’man. {x2}



Бошка кушик матнлари:


Zulayho Boyxonova - Menman
Kumush Razzoqova - Ketdi-ketdi
Dj Piligrim - Badanni bo’sh tut
Tohir Mahkamov - Qandoq chiday
Mango guruhi - Sanamo


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты