Ummon - Topi

Yuragimga qaramang –
Ichi to’la yoshlar,
O’rayverib bo`g`ib qo`ydi
Uzun qora sochlari
Jonimning, yorimning.

Baland-baland poshnalari bilan
Kech kela boshladi uyga,
O`zgarib, olib jonimni.

Aytgin, qanday senga ishonay?
Yurak to`ldi dardga vay, jonim.
Uzun tunlar, uzun-uzun,
Alam-alam tildi mani, jonim, jonim.

Hamma dardlarimga malham bo`ladiganini topiy,
Savolga savol bilan javob bermaydiganini topiy.
Topiy, sanga o`xshamasin umuman,
Topiy, sevsin mani boqiy. (x2)

Ko’zlarimga qaramang –
Ichi to`la dardlar,
O`z boshimni ushladim
Qilgan qilmishidan,
Mani yorimni, jonimni.

Ne bo’ldi, deb so’ramang,
Aytishga til ojiz.
Alamlarim qo`zg`aydi
Qilgan qiliqlari mani yorimni.

Aytgin, qanday senga ishonay?
Yurak to`ldi dardga vay, jonim.
Uzun tunlar, uzun-uzun,
Alam-alam tildi mani, jonim, jonim.

Hamma dardlarimga malham bo`ladiganini topiy,
Savolga savol bilan javob bermaydiganini topiy.
Topiy, sanga o`xshamasin umuman,
Topiy, sevsin mani boqiy. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Jasur Umirov - Vay-vay
Shahzoda, Shohruhxon - Kel
Jo'rabek - Vay-vay
Zokir Ochildiyev - Kuldursin boqi (Parodiya Ummon)
Farrux Raimov - O’zgarib qolyapsanda


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты