Jahongir - Tilim qursin

Ichingdagi gapingni berkitma,
Yuzingning rangidan bilib olaman.
Ertami kech, baribir bir kun
Siring ochilishini o’yla,
Hadeb yolg’on gapirma.

Piyola toshguncha choyga to’ldirma,
Qo’ling yo tiling kuyib qoladi.
So’zing chin, yurakda bo’lsa,
Aldab ovora bo’lib yurma.

Oqni qora, to’g’rini noto’g’ri,
Deb so’z bildirma,
Tilginangni kuydirma,
Dilginangni kuydirma. (x2)

Bekordan bekor yugurib, shoshirma,
Boshginangni devorga urasan.
Bitta gapda o’nta ma’no,
Qadring bilmaganga gapirma,
Har xil bilmay gapirma.

Piyola toshguncha choyga to’ldirma,
Qo’ling yo tiling kuyib qoladi.
So’zing chin, yurakda bo’lsa,
Aldab ovora bo’lib yurma.

Oqni qora, to’g’rini noto’g’ri,
Deb so’z bildirma,
Tilginangni kuydirma,
Dilginangni kuydirma. (x2+x2)



Бошка кушик матнлари:


Ruslan Sharipov - Yo’qchilik yiqitar
Bojalar guruhi, Ruhshona - Chegara
Yulduz Usmonova - Bekor
Sevinch Mo'minova - Yolg’onchi yor
Alisher Uzoqov, Nilufar - Tilim qursin


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты