Tavakkal Qodirov - Fasli navbahor o’ldi

Fasli navbahor o’ldi, ketibon zimistonlar, {x2}
Do’stlar, g’animatdur, sayr eting gulistonlar. {x2}

Subhidam tushub shabnam, bo’ldi sabzalar xurram,
Gul uza tomib kam-kam, yog’di abro’-naysonlar. {x2}

Nastaron yuvib yuzni, yosuman tuzib o’zni, {x2}
Nargis ochibon ko’zni, intizor, yoronlar. {x2}

Qumrilar qilib kuk-ku, bulbul aylabon chah-chah, {x2}
Sarvi gul uza doim tortar ohu afg’onlar.
Tortar ohu afg’onlar.

Kechdilar vafo ahli qolmayin tutub savsan,
Kiydi ko’k, qilib sunbul zulfini parishonlar. {x2}

Do’stlar, g’animatdur, sayr eting gulistonlar. {x2}



Бошка кушик матнлари:


O'lmas Olloberganov - Ota
Botir Qodirov - Yoronlar
Shod guruhi - Dilim
Ozodbek Nazarbekov - Otim Majnun
Jahongir Otajonov - Qaddi baland


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты