Sherali Jo'rayev - Oshiqma oy to’lguncha

Oshiqma oy to’lguncha,
Olam chaman bo’lguncha,
Ochar bir kun gulg’uncha,
Sog’inch damlar vaqtincha.

Bo’lma muncha intizor,
Kelmasmi deb go’zal yor,
Muzlar erib, ketar qor,
Sog’inch damlar vaqtincha-ey, dod.

Muzlar erib, yer qolar,
Mard ortidan el borar,
Inson qo’li gul bo’lar,
Qor-yomg’irlar vaqtincha.

Inson qo’li gul bo’lar,
Qor-yomg’irlar vaqtincha-ey, dod.

Oshiqma oy to’lguncha,
Olam chaman bo’lguncha, (x2)
Ochar bir kun gulg’uncha,
Sog’inch damlar vaqtincha-ey, dod.

Bahor topsang, o’ynab qol,
Chaman topsang, sayrab qol, (x2)
Sevganing-la yayrab ol, (x2)
Qizil gul ham vaqtincha.

Oshiqma oy to’lguncha,
Olam chaman bo’lguncha, (x2)
Ochar bir kun gulg’uncha,
Sog’inch damlar vaqtincha-ey, dod.

Yigit ham qiz vaqting oz,
Yoshliging pok, o’tsin soz, (x2)
Sanam, buncha etma noz, (x2)
Go’zallik ham vaqtincha.

Oshiqma oy to’lguncha,
Olam chaman bo’lguncha, (x2)
Ochar bir kun gulg’uncha,
Sog’inch damlar vaqtincha-ey, dod.

Tug’ilganing baxtingdir,
Zamin sening taxtingdir,
O’tayotgan vaqtingdir,
Ko’rar kunlar vaqtincha.

Millati ko’p insonsan, (x2)
G’olib, mag’lub, yaksonsan,
Keng dunyoda mehmonsan,
Ziyofatlar vaqtincha,
Ziyoratlar vaqtincha.

Urma biring biringni,
Hasaddan tiy dilingni,
Kesma oyoq-qo’lingni,
Alloh bersin yo’lingni,
U tomonga borguncha. {x2}

Oshiqma oy to’lguncha,
Olam chaman bo’lguncha, (x2)
Ochar bir kun gulg’uncha,
Sog’inch damlar vaqtincha-ey. (x2)
Sog’inch damlar vaqtincha-ey, dod.



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi - Yoshliging
Ummon - Yo`qol
Xo'ja guruhi - Bahor
Mango guruhi - Sanamo
Janob Rasul - Aldading


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты