G'ulomjon Yoqubov - Tushdi ko’zim

Bir xumor sho’xginaga
Tushdi ko’zim, yondi dilim. (x2)
Ham sho’xi tannozginaga
Tushdi ko’zim, yondi dilim. (x2)

Ne qilaman bilmasa ul,
Kel, deganda kelmasa ul, (x2)
O’zi ochilgan g’uncha gul,
Tushdi ko’zim, yondi dilim. (x2)

Bog’ ko’chasin aylanaman,
Topolmayin o’ylanaman, (x2)
O’n ikki oydir, yonaman,
Tushdi ko’zim, yondi dilim. (x2)

Bir iloji bo’lsa, degil,
Yorga arzu holim degil, (x2)
Sadoiydan duo degil,
Tushdi ko’zim, yondi dilim. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Otajon Hudoyshukurov - Xayollarim oldi
Ulug'bek Rahmatullaev - Ota-onam xoji qilaman
Bojalar guruhi, G'ulomjon Yoqubov - Ko’zlari shahlo
Adham Soliyev - Dilafruz
Shuhrat Daryo - Aylanaman


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты