Vohidjon Isoqov - Yorim

Ohim bo’l, sen-la parvoz etay,
Osmonlarga soz etay.
Bir ajib ovoz bo’l,
Yorimga yetay.

Ayriliq qiynar ikkimizni ham,
Shirin visollar kerak bizga.
Balki orzuga yetish yaqin bizga.

Yoring bo’lay,
Nozik bo’yingdan taralar gullar ifori.
Bag’rimga kel endi, oromim bo’l endi,
Yolg’iz qo’yma diydoringni.

Nolam bo’l, sen-la faryod etay,
Armonlarni yot etay.
Ko’nglimga ilhom bo’l,
Yorimga yetay.

Ayriliq qiynar ikkimizni ham,
Shirin visollar kerak bizga.
Balki orzuga yetish yaqin bizga.

Yoring bo’lay,
Nozik bo’yingdan taralar gullar ifori.
Bag’rimga kel endi, oromim bo’l endi,
Yolg’iz qo’yma diydoringni. (x2+x2)



Бошка кушик матнлари:


Шахзода - Nolam
Shahzoda - Nolam
Alijon Isoqov, Vohidjon Isoqov - Yigit yoshimda
Setanho guruhi - Ohim
Rayhon - Parvoz etay


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты