Yulduz Usmonova - Muhabbat yolg’onlari

Kunday yulduz erdim men,
Yor saylagan, gul suygan.
Oyga sevdim derdim men,
Endi esa dil kuygan. (x2)

Ko’nglimning armonlari,
Muhabbat yolg’onlari. (x2)
Yondiradi, kuydiradi,
Muhabbat yolg’onlari. (x2)

Meni gulga qo’l solib,
Topganim bo’ldi tikon.
Ne-ne ohular qolib,
O’pganim chiqdi ilon. (x2)

Jonimning xazonlari,
Muhabbat yolg’onlari. (x2)
Yondiradi, kuydiradi,
Muhabbat yolg’onlari. (x2)

To’le yordir alamga,
Baxtdan nechun darak yo’q?
Ko’ngil zordir malhamga,
Sevmoq uchun yurak yo’q. (x2)

Jilva qilib qoshimda,
Tag’in aldar dunyolar.
Bilmam mening boshimda,
Yana qanday savdolar.

Ruhimning tug’yonlari,
Muhabbat yolg’onlari.
Qalbimning fig’onlari,
Muhabbat yolg’onlari.

Yondiradi, kuydiradi,
Muhabbat yolg’onlari. (x4+x4)



Бошка кушик матнлари:


Alisher Ro'zmetov - Nechun sevdim
Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi
Sultonposhsha O’dayeva - Oq ilon
BotirBek - Tikon


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты