Shahzod guruhi - Aziz yurtim

Bag’ringda o’sdim, do’stlarim bilan,
Armon bilmay.
Yalang oyoqda chopib yurardim,
Hech narsani o’ylamay.

Onajonim aytgan alla kuyida
Jonimga kirgan,
Vatan tuyg’usin men his qilaman,
Senga qarab to’ymay.

Vatan tuyg’usin men his qilaman,
Senga qarab to’ymay.

Ey, aziz yurtim, seni kuylayman,
Har kuni senga baxtni tilayman.
Ey, aziz yurtim, seni kuylayman,
Har kuni senga baxtni tilayman.

Dunyoda ko’pdir go’zal shaharlar,
Go’zal yurtlar.
Men uchun sendan chiroyli joy yo’q,
Ko’rking dilim shod etgay.

Ajdodlarim o’tgan shu yerda yashash
Menga buyuk baxt.
Ko’rib bu kuning, ertang o’ylasam,
Boshim ko’kka yetgay.

Ko’rib bu kuning, ertang o’ylasam,
Boshim ko’kka yetgay.

Ey, aziz yurtim, seni kuylayman,
Har kuni senga baxtni tilayman. (x3)



Бошка кушик матнлари:


Dj Piligrim, Nilufar - Dilim
Yulduz Usmonova - Alla
Farog'at Rahmatova - Alla
Zamira Suyunova - Alla
Habiba Oxunova - Alla


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты