Manzura - Qalbim seni sog‘inadi

Meni tashlab yomonlarga, yor,
Beqaror, ketdingmu?
Shaydo dilni jafolarda xor‚
Giriftor etdingmu?

Ko‘zlarimning yoshlariga, yor,
Sen takror yetdingmu?
Seni sevgan yuragimni zor,
Intizor etdingmu?

Qalbim seni sog‘inadi,
Yuragim yig‘laydi,
Sensiz dunyoga hech sig‘maydi.
Qalbim sensiz og‘rinadi,
Yuragim kulmaydi,
Sensiz sevinchlarni hech bilmaydi,
Ovunmaydi.

Dunyo bo‘lib ko‘zlarimga tor,
Zulmatda qoldimmu?
Sensiz og‘ir armonlarni, yor,
Yurakka soldimmu?

Yog‘di sevgim g‘unchasiga qor,
Dilimni tildingmu?
Sensiz qalbim yashamaydi, yor,
Holimni bildingmu?

Qalbim seni sog‘inadi,
Yuragim yig‘laydi,
Sensiz dunyoga hech sig‘maydi.
Qalbim sensiz og‘rinadi,
Yuragim kulmaydi,
Sensiz sevinchlarni hech bilmaydi,
Ovunmaydi. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Feruza Normatova, Shohjahon Jo'raev - Yog‘ar qor
Yulduz Usmonova - Qadr yig’laydi
Ilhom Ibrohimov - Andijonlik
Ummon - Yog’ganda qor
Farrux Xamraev - Sovuq


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты