Bayram guruhi - O’zbek qizlari

Ko’zlarini suzib-suzib menga qarasa,
Ro’molini hilpillatib, kulib o’ynasa,

Oydan go’zal, kundan go’zal,
O’zbekning qizlari hammadan go’zal. (x2)

Lola-yu Dildora, Muqaddas,
Ko’z-ko’z qilib kiyibsiz atlas.

Qizlar guli, yigit siri –
Lola-yu Dildora, Muqaddas. (x2)

Qoshlariga taram-taram o’sma yarashar,
Hamma o’zbek yigitlari sizga qarashar.

Oydan go’zal, kundan go’zal,
O’zbekning qizlari hammadan go’zal. (x2)

Lola-yu Dildora, Muqaddas,
Ko’z-ko’z qilib kiyibsiz atlas.

Qizlar guli, yigit siri –
Lola-yu Dildora, Muqaddas. (x2)

Sochlarini bellariga yoyib tarasa,
Oh, yuragim ado bo’ldi menga qarasa.

Oydan go’zal, kundan go’zal,
O’zbekning qizlari hammadan go’zal. (x2)

Lola-yu Dildora, Muqaddas,
Ko’z-ko’z qilib kiyibsiz atlas.
Qizlar guli, yigit siri –
Lola-yu Dildora, Muqaddas.
Qizlar guli, yigit siri –
Lola-yu Dildora, Muqaddas. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Ozodbek Nazarbekov - O’zbegim yigitlari
Farruh Komilov - Taram-taram
G'ulomjon Yoqubov - O’sma qo’yibdi qoshiga
Farrux Xamraev - Kollej qizlari 2
Ulug'bek Ismailov - Guli


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты