Hilola Hamidova - Titradim

Gul atri gulbog’ ichra gul novdasin kuydirar,
Oshiqning ohi hargiz dil pardasin kuydirar. (x2)

Yaratgan tanlab-tanlab qul bandasin suydirar,
Tavoningga to’kilgan tamannodan titradim-ey. (x2)
Hey, tamannodan titradim.

Boychechakni bozorda terganni kim ko’ribdi,
Qaldirg’ochga bu qoshni berganni kim ko’ribdi? (x2)

Yolg’izning yostig’ini kulganin kim ko’ribdi,
Tavoningga to’kilgan tamannodan titradim-ey. (x2)
Hey, tamannodan titradim-ey.

Zulfizarin ifori axtardim atirda yo’q,
Qoshlarining qiyosi men topgan satrda yo’q. (x2)

Mahmudni kul qiygaydir ko’ksida gullagan cho’g’,
Tavoningga to’kilgan tamannodan titradim-ey. (x2)
Hey, tamannodan titradim-ey.

Gul atri gulbog’ ichra gul novdasin kuydirar,
Oshiqning ohi hargiz dil pardasin kuydirar.

Yaratgan tanlab-tanlab qul bandasin suydirar,
Tavoningga to’kilgan tamannodan titradim-ey.
Hey, tamannodan titradim-ey.



Бошка кушик матнлари:


Sardor Rahimxon - Hargiz
Jahongir Otajonov - Qaldirg’och
Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Ozodbek Nazarbekov - Qaldirg’och
Alisher Fayz - Qaldirg’och


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты