Yodgor Mirzajonov - Devona bo’ldim

Qadam bosib, gulshan tomon ravona bo’ldim,
Gulshanda oy yuzing ko’rib devona bo’ldim. (x2)

Gulshan gullarida dona-dona saralab,
Boqding yor qayrilib, o’zdan begona bo’ldim. (x2)

Qadam bosib, gulshan tomon ravona bo’ldim,
Gulshanda oy yuzing ko’rib devona bo’ldim.

Devona bo’ldim, o’zdan begona bo’ldim,
Devona bo’ldim, o’zdan begona bo’ldim.

Tim qora qoshlaring qaldirg’och qanotidek, (x2)
Husning shu’lasidan, oh, qalbim yona bo’ldim. (x2)

Izingdan izma-iz yurib manzilga yetmam,
Yo’limni yo’qotib, zor ming sarsona bo’ldim. {x2}

Qadam bosib, gulshan tomon ravona bo’ldim,
Gulshanda oy yuzing ko’rib devona bo’ldim.

Devona bo’ldim, o’zdan begona bo’ldim,
Devona bo’ldim, o’zdan begona bo’ldim.

Kechalari bedor bo’lib, oyga boqarman,
Oyda ko’rib asling sening, hayrona bo’ldim,
Hayrona bo’ldim.

Dilga ishqing o’ti tushib, qoldim o’zgarib,
Vaslingga termulib, netay parvona bo’ldim,
Parvona bo’ldim

Dil ko’rmagan senday go’zal, ta’rifi g’azal, (x2)
Go’zalliging taqdir azal, giryona bo’ldim. (x2)

Qadam bosib, gulshan tomon ravona bo’ldim,
Gulshanda oy yuzing ko’rib devona bo’ldim. (x2)

Devona bo’ldim, o’zdan begona bo’ldim,
Devona bo’ldim, o’zdan begona bo’ldim.



Бошка кушик матнлари:


Alisher Fayz - Qaldirg’och
Ummon - Dona-dona
Jahongir Otajonov - Qaldirg’och
Ozodbek Nazarbekov - Qaldirg’och
Gulasal Abdullayeva - Taq-tuq


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты