Muhriddin Xoliqov - Yonimda qol

Sanam sochingdan ham shaydolaring ko’p,
Oshiq-u adolaring ko’p.
Nimang ko’p ko’yingdan-a, gadolaring ko’p,
Ammo men tanhoman.

Yonimda qol, yonimda qol,
Qalbimda sen go’zalim.
Yonimda qol, yonimda qol,
Yolg’iz suyganim. (x2)

Bek yigit, bir sening poyingda xorman,
Garchi diydoringga mushtoq-u zorman,
Men beun sevarman, men chin sevarman,
Ammo men tanhoman.

Yonimda qol, yonimda qol,
Qalbimda sen go’zalim.
Yonimda qol, yonimda qol,
Yolg’iz suyganim. (x2)

Sevmoq bu – gulxanda kuymoq degani,
Joningdan otashlar tuymoq degani,
Bir umr yoningda bo’lsaydim seni,
Ammo men tanhoman.

Yonimda qol, yonimda qol,
Qalbimda sen go’zalim.
Yonimda qol, yonimda qol,
Yolg’iz suyganim. (x3)



Бошка кушик матнлари:


Mango guruhi - Sanamo
Janob Rasul - Aldading
Anvar Sanayev - Diydoringga to’ymadim
Dilso'z - Yigit boshi egilmasin
Nuriddin Hamroqulov - Beparvo sanam


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты