Ulug'bek Rahmatullaev - Yoshlik qaytmaydi

Qishda mayin qorlarga qarayman,
Muzlagan daryolarga o’xshayman,
Bahorda g’unchalarga qarayman,
Maftun bo’lib yoshlikni qo’msayman.

Qaytar qish, bahorlar, yozu kuzlar,
Lekin yoshlik qaytmas ekan, do’stlar.
Fasllar chiroyidan izlayman,
Beg’am o’tgan damlarni eslayman. (x2)

Yozda taftli quyoshga qarayman,
Shamolsiz dengizlarga o’xshayman,
Kuzning yomg’irlarini tinglayman,
Uchib ketgan yillarni sanayman.

Qaytar qish, bahorlar, yozu kuzlar,
Lekin yoshlik qaytmas ekan, do’stlar.
Fasllar chiroyidan izlayman,
Beg’am o’tgan damlarni eslayman. (x4)

Fasllar chiroyidan izlayman,
Beg’am o’tgan damlarni eslayman.



Бошка кушик матнлари:


Jasurbek Mavlonov - Mayin-mayin
Sevara Nazarkhan - Quyoshga qarab oqqan suv
Shahzoda - Seni izlayman
Xushnud - Eslayman
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты