Kozim Qayumov - Eng gullagan yoshlik chog’imda

Eng gullagan yoshlik chog’imda,
Sen ochilding ko’ngil bog’imda.
Shunda ko’rdi ko’zim bahorni,
Shunda qalbim tanidi yorni.

Quchoq-quchoq gullar terganim
Va keltirib senga berganim
Kechagiday hamon esimda,
Har soniya, har on esimda.

Shundan beri tilimda oting,
Shundan beri dilimda oting.
Eng gullagan yoshlik chog’imda,
Sen ochilding ko’ngil bog’imda.

Quchoq-quchoq gullar terganim
Va keltirib senga berganim
Kechagiday hamon esimda,
Har soniya, har on esimda.

Shundan beri tilimda oting,
Shundan beri dilimda oting.
Eng gullagan yoshlik chog’imda,
Sen ochilding ko’ngil bog’imda.



Бошка кушик матнлари:


Dilnoza Ismiyaminova - Meni o’ylama
Xurshid Rasulov - Yoshlik
Abdurashid Yo'ldoshev - Qizil gul
Anvar Sanayev - Barno
Shuhrat Qayumov - Otmagay tong


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты