[A’lo Rahimova]
Otmagay tong bog’ aro azming xiromon bo’lmasa, (x2)
Bulbuli shaydolaring gulshanda nolon bo’lmasa. (x2)
[Shuhrat Qayumov]
Qaydin ishq o’tig’a da’vo aylasun parvonalar,
Parpirab bag’rim yoquvchi sham’i janon bo’lmasa. {x2}
[A’lo Rahimova]
Shamidek kuygay hamisha jismi jonim, men netay,
Birgina parvona ham qoshimda mehmon bo’lmasa.
[Shuhrat Qayumov]
Sanchaber so’zdan tikonlar ko’ksima, ey g’unchalab,
Ne qilay bu jonnikim, yo’lingda qurbon bo’lmasa.
[Shuhrat Qayumov va A’lo Rahimova]
Ne qilay bu jonnikim, yo’lingda qurbon bo’lmasa…
Бошка кушик матнлари: