Abduvali Rajabov - Alamim mani

Qoshlari qalam-qalam, oh, bejirim pardozidan,
Tanladim zulfi-anbar, go’zallar sho’x tanlovidan.

Ishqim sarkash dardiga behosdan bo’ldim mubtalo,
Yigit qaytmas shashtidan, toki tanda yonar olov.

Sevgimdan darak-darak sarxush xayol hamoney,
Qalam qoshi kamoney.
Yuragim bo’lak-bo’lak, holim zabun yomoney,
Asragin omon-omoney, hasratlarim yomoney.

Alamim-alamim mani, alamim-alamim mani bor,
Yuragim mani-mani tanho bir o’zingga xumor.

Alamim-alamim mani, alamim-alamim mani bor,
Yuragimda mani-mani yashaysan bir o’zing dildor.

Sochlari taram-taram, bir boqdiyu indamadi,
G’uncha lab-dudog’idan bitta shirin so’z demadi.

Niyati holis ekan yigitni qo’llaydi Xudo,
Jonimni nisor etay, vaslingdan etmagin judo.

Sevgimdan darak-darak sarxush xayol hamoney,
(Sarxush xayol hamoney) Qalam qoshi kamoney.
Yuragim bo’lak-bo’lak, holim zabun yomoney,
Asragin omon-omoney, hasratlarim yomoney.

Alamim-alamim mani, alamim-alamim mani bor,
Yuragim mani-mani tanho bir o’zingga xumor.
Alamim-alamim mani, alamim-alamim mani bor,
Yuragimda mani-mani yashaysan bir o’zing dildor. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Davron Ahmedov - Go’zallar
Botir Qodirov - Indamadi
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Tohir Sodiqov - Asragin meni
Yulduz Usmonova - Omon-omon (2019)


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты