Farhod va Shirin - Bo’l omon

Go’zal edi sevgi, yodimdadir beg’am-betakror,
Osmonida varrak uchgan o’sha yozu-bahor.
Qoldikmi kuz-qishda, daraxtlar kumushda,
Axir xotira o’chadiganmas.
Qoldikmi kuz-qishda, daraxtlar kumushda,
Axir xotira ko’chadiganmas.

Bulutlar soya solgan mahali, bu yuragim namoyondir hali,
Esladim mehr izlagan zamon, qalbimda sen hamon.
Yoki azal avval taqdirimsan, ham yo menday netay dil yarimsan,
Eslagin mehr izlagan zamon, doim bo’lgin omon.

Boramiz bahor sari, azoblar ketadi nari,
Yoy kabi egiladi baxt umididagi sevgi.
Uchamiz baxt tomon, umr bo’yi hamon,
Yo’l boshlang xotiralar va umid.
Uchamiz baxt tomon, umr bo’yi hamon,
Yo’l boshlang xotiralar va umid.

Bulutlar soya solgan mahali, bu yuragim namoyondir hali,
Esladim mehr izlagan zamon, qalbimda sen hamon.
Yoki azal avval taqdirimsan, ham yo menday netay dil yarimsan,
Eslagin mehr izlagan zamon, doim bo’lgin omon. (x2)
Eslagin mehr izlagan zamon, doim bo’lgin omon.



Бошка кушик матнлари:


Tohir Mahkamov - Biz uzoqroqqa boramiz
Yulduz Usmonova - Qora ko’zim
Muzaffar Mirzarahimov - Eslagin
Farhod va Shirin - Yoshlikda bergan ko’ngil
Farrux Raimov - Ketmoqdaman


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты