Lola - Romeo va Julietta

Seni taniyolmadim, hayot sen o’zingmisan?
Adovatning oldida shunchalar ojizmisan?
Sen ato etgan tuyg’u, beozor bu muhabbat,
Qadrsiz, himoyasiz, yonar adovat sabab.

Senga achinaman, nohaqsan adovat,
Hech qachon o’lmagan chin muhabbat.
Sevgi bu dushman deb ajratib o’tirmas,
Aslo taslim bo’lmas chin muhabbat.

Har qandayin adovat, qancha yovuz bo’lmasin,
Egolmaydi sevgini, bukolmaydi sevgini.
Hayot bergan muhabbat, go’yo tanadagi jon,
Jon uzilgan tanada, qanday yashaydi inson?

Senga achinaman, nohaqsan adovat,
Hech qachon o’lmagan chin muhabbat.
Sevgi bu dushman deb ajratib o’tirmas,
Aslo taslim bo’lmas chin muhabbat. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Manzura - Romeo
Subxan - Lola
Nilufar Usmonova - Taslim bo’ldim
Sahar - Lola
Botir Qodirov - Do’stu dushman oldida


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты