Ozodbek Nazarbekov - Yana man

Kim meni deb yig’ladi, kimdir kechirdi,
Kimning dardi menga og’u ichirdi.
Kimdir yuragidan-ey butkul o’chirdi,
Oxir hammasiga bir-bir ko’ndim man,
Bir seni o’ylasam faqat yondim man,
Bir seni o’ylasam faqat yondim man.

Man, yana man, sevib qoldim man,
Bir seni o’ylasam faqat yondim man.
Man, yana man, kuyub qoldim man,
Bir seni o’ylasam faqat yondim man,
Bir seni o’ylasam faqat yondim man.

Yurakka nimadir botib bormoqda,
Alamlar qatma-qat ortib bormoqda.
Borib-borib bag’rim qotib qolmoqda,
Hattoki dunyodan sovib qoldim man,
Bir seni o’ylasam faqat yondim man,
Bir seni o’ylasam faqat yondim man.

Man, yana man, sevib qoldim man,
Bir seni o’ylasam faqat yondim man.
Man, yana man, kuyub qoldim man,
Bir seni o’ylasam faqat yondim man,
Bir seni o’ylasam faqat yondim man.

Kelib ko’r ko’ksimda nishlar izi bor,
Tillarim uchida tishlar izi bor.
Yelkamda ikkita qushlar izi bor,
Qush edim, qaylarga bilmay qo’ndim man?

Man, yana man, sevib qoldim man,
Bir seni o’ylasam faqat yondim man.
Man, yana man, kuyub qoldim man,
Bir seni o’ylasam faqat yondim man,
Bir seni kuylasam faqat yondim man.

Sevib qoldim man, faqat yondim man…



Бошка кушик матнлари:


Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Shaxriyor - Tashlandiq
Alisher Zokirov - O’lgan sevgimiz (Qaylarga ko’may)
Otabek Mutalxo'jaev - Yurak
Shuhrat Qayumov - Sevib qoldim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты