Dineyra - Raqsga tushgin

Shimoldan shamollar ham
Hozir menga bas kelolmas,
Xayollar sendan olisga ketolmas.
Bu kecha ikkimiz uchundir go’yo,
Raqsga tush, bizniki bu dunyo.

Nolalarni unutay bir dam,
Oyoqlarim ostida olam,
Yonimda bo’l,
Ketma jonim, olis mendan.

Kerak emas menga o’tmishing,
O’tmishim-la bo’lmasin ishing,
Rohatimdir sen yonimda bo’lishing.

Raqsga tush, aylanar zamin, o’tar hayot,
Ertaga bugun bo’lar barbod.
Afsuslar ichra chekma faryod,
Sen raqsga tushgin.

Raqsga tushgin, raqsga tushgin. (x2)

Noodatiy bu kun, sehrlangandirman go’yo,
Men uchun yaralganday huddi samo.
Parvozim o’tadi bugun osmondan,
Ne foyda ertaga armondan?

Nolalarni unutay bir dam,
Oyoqlarim ostida olam,
Yonimda bo’l,
Ketma jonim, olis mendan.

Kerak emas menga o’tmishing,
O’tmishim-la bo’lmasin ishing,
Rohatimdir sen yonimda bo’lishing.

Raqsga tush, aylanar zamin, o’tar hayot,
Ertaga bugun bo’lar barbod.
Afsuslar ichra chekma faryod,
Sen raqsga tushgin.

Raqsga tushgin, raqsga tushgin. (x2)
Raqsga tushgin.

Aylanar zamin, o’tar hayot. (x4)
Hayot, hayot, o’tar hayot. (x2)

Raqsga tush, aylanar zamin, o’tar hayot,
Ertaga bugun bo’lar barbod.
Afsuslar ichra chekma faryod,
Sen raqsga tushgin. (x2)

Raqsga tushgin, raqsga tushgin. (x4)



Бошка кушик матнлари:


Rayhon - Armondan so’ra
Yodgor Mirzajonov - Shamollar
Yulduz Usmonova - Aylanar
Daler - Vatan
Ozoda Nursaidova - Ketma


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты