Manzura - Onalar

To tonggacha ertaklar aytgan,
Betob bo’lsak ko’z yoshin yutgan,
Kelmay qolsak betoqat kutgan,
Sadoqatli munis onalar. (x2)

Onalar, onajonlar,
Poyi jannatmakonlar,
Onalar, onalar,
Munis, mehribonlar. (x2)

Kunning jilosi yuzingizda,
Tunlar qarosi ko’zingizda,
Hayot ma’nosi so’zingizda,
Alla aytgan munis onalar.

Ona bo’lsa dunyo ustuni,
Avlod yashar ardoqlab uni,
Bu dunyoning eng yorug’ kuni,
Ahli jannat munis onalar.

Onalar, onajonlar,
Poyi jannatmakonlar,
Onalar, onalar,
Munis, mehribonlar. (x2)

Aytgan so’zi tilak-duodir,
Farzandlarga joni fidodir,
Dilda iymon, tilda Xudodir,
Mehri daryo, munis onalar. (x2)

Onalar, onajonlar,
Poyi jannatmakonlar,
Onalar, onalar,
Munis, mehribonlar. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Bahriddin Zuhriddinov - Daryo
Farog'at Rahmatova - Alla
Zamira Suyunova - Alla
Yulduz Usmonova - Alla
Habiba Oxunova - Alla


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты