G'ayrat Usmonov - Kuygan baxt

Yig’lab-yig’lab surnay aytdi to’ying bo’pti,
Yo bildi yo bilmay aytdi to’ying bo’pti.
Sengamidi olislardan kelgan yor-yor?
Mening baxtim kuygan payti to’ying bo’pti.
Mening baxtim kuygan payti to’ying bo’pti.

Bir yigitcha muhabbatim bor edi, yor,
Ko’zim oydek jamolingga zor edi, yor. (x2)
Kuygan ko’ngil kuyugida yig’laydi ishq,
Menga sendan ayrilmoqlik or edi, yor.

Yig’lab-yig’lab surnay aytdi to’ying bo’pti,
Yo bildi yo bilmay aytdi to’ying bo’pti. (x2)

Bilganimda to’y gulhanini yoqar edim, yor,
Oloviga oshiq jonni otar edim, yor. (x2)
Endi senga inson bo’lib boqsam xarom,
Olov bo’lib to’yib-to’yib boqar edim, yor.

Yig’lab-yig’lab surnay aytdi to’ying bo’pti,
Yo bildi yo bilmay aytdi to’ying bo’pti. (x2)

Yo bildi yo bilmay aytdi to’ying bo’pti.



Бошка кушик матнлари:


Yulduz Usmonova - Qadr yig’laydi
Hadicha Qurbonova - Kungaboqar
Ozodbek Nazarbekov - Chaqmoq chaqar
Hilola Hamidova - Araz
Setanho guruhi - Aylanay


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты