G'ayrat Usmonov - Zilola

Zilola, sen juda go’zalsan,
Qaldirg’och burningdan tishlasin.
Ayt kimga taqdiru azalsan?
Tushingda tulporlar kishnasin.

Zorimga boqmagin tosh bo’lib,
Kuydirgin qayrilma qosh bo’lib.
Va lekin quvmagin tushingdan,
Ko’rinsam o’n sakkiz yosh bo’lib.

Zilola, sen juda go’zalsan,
Qaldirg’och burningdan tishlasin.

Yoshimdan kulmagin, Zilola,
Kulgusi dezori-shalola. (x2)
Muhabbat mayiga to’ldirgin,
Qo’limda qadohli piyola.

Zilola, sen juda go’zalsan,
Qaldirg’och burningdan tishlasin.

Ohular ko’zingdan ko’zlasin,
Atirlar sochingdan islasin. (x2)
Ta’rifing bitolmay Mug’anniy,
Bir umr bo’zlasin, izlasin.

Zilola, sen juda go’zalsan,
Qaldirg’och burningdan tishlasin.
Ayt kimga taqdiru azalsan?
Tushingda tulporlar kishnasin.

Zilola, sen juda go’zalsan,
Go’zalsan sen juda, Zilola.



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi - Yigirma yosh
Alisher Fayz - Qaldirg’och
Jahongir Otajonov - Qaldirg’och
Ozodbek Nazarbekov - Qaldirg’och
Abdurashid Yo'ldoshev - Ro’molda


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты