Sardor Rahimxon - Yor-yora

Husn elning malikasi kelinchak,
Yonida shoh-sulton kuyov to’ra,
Nurli-nurli bo’lsin bosgan izingiz,
Fayzu barakotli bo’lsin uyingiz.

Yor-yor-yora, oq libosli yora,
Yoring yoningdadir, ko’z yosh qilmagin.
Yor-yor-yora, oq libosli yora,
Bugun baxtli kuning, ko’z yosh qilmagin.

Kelin-kuyov zimdan sirli qarashar,
Suluvlar qalbiga o’tlar qalashar,
Jo’ralari poyandozin talashar,
Yaxshi niyat bilan bog’lab beliga.

Yor-yor-yora, oq libosli yora,
Yoring yoningdadir, ko’z yosh qilmagin.
Yor-yor-yora, oq libosli yora,
Bugun baxtli kuning, ko’z yosh qilmagin.



Бошка кушик матнлари:


Dildora Niyozova - Kelin
Anvar G'aniyev - Kelinchak
Shahzoda - Kuyov va kelinchak
Asal Shodieva, Bojalar guruhi, Sardor Rahimxon - Malikam endi qara
Shuhrat Vohidov - Kelinchak


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты