G'ayrat Usmonov - Taqdir

Hayot asli sinov, har lahza sinar,
Goho ulgurmadim, gohida shoshdim.
Soching oqarganda bir savol qiynar –
Qayda xato qildim, qayda adashdim?

Orzular armonga aylandi necha,
Bugungi g’animlar do’st edi kecha,
Aqlim tanigandan shu nafasgacha
Qayda xato qildim, qayda adashdim?

Ishing yurishganda hamma keladi,
Hatto begonalar ta’zim qiladi,
Omad yuz o’girsa hamma kuladi,
Qayda xato qildim, qayda adashdim?

Yolg’onu xiyonat kuydirar bag’rim,
Omonat muhabbat orttirar dardim,
Ojiz-notavonman rahm qil Tangrim,
Qayda xato qildim, qayda adashdim?

Adashdim, dil dardim kelmasin malol,
Dunyoda yor-do’sting bo’lsin chin, xalol,
O’zimdan o’zimga beraman savol –
Qayda xato qildim, qayda adashdim?

Qayda xato qildim, qayda adashdim?



Бошка кушик матнлари:


Abror Azizov - Omad
Sarbon guruhi - Jimir-jimir
Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Alisher Zokirov, Jasurbek Mavlonov - Chin do’st
Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты