Bojalar guruhi - Oshiq

Oshiq beqaror shamolday esaman,
Osmonni quchaman, seni qo’msab bedorman.
Zoru vafodor har kimdan kechaman,
Men seni haqdan sevaman, ishqingda vayronman.

Qalbim dardlarga to’la, dodu faryodga to’la,
Ko’zlarimdan sel bo’lib oqar yoshim, so’nmoqdaman.
Qalbim dardlarga to’la, orzu armonga to’la,
Urinaman hech ham yetmas qo’lim senga, jonim.

Qoyalar bo’ylab ko’zimni yumaman,
Daryoday oqaman har kuyimdan rizoman.
Yo’qlasang agar ko’klarga yetaman,
O’zimdan to’lib toshaman, ishqingda hayronman.

Qalbim dardlarga to’la, dodu faryodga to’la,
Ko’zlarimdan sel bo’lib oqar yoshim, so’nmoqdaman.
Qalbim dardlarga to’la, orzu armonga to’la,
Urinaman hech ham yetmas qo’lim senga, jonim. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Zamir - Hayronman
Doniyor Fayz - Vafodor
Bojalar guruhi, Rayhon - Yalle-yalle
Yulduz Usmonova - Ko’z yoshim oqar
Dj Piligrim - Seni sevaman


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты