Alisher Fayz - Gulbahor

Kelaqol bir yuzlashamiz,
Dildan jo’shib so’zlashamiz,
Sirlarim ko’p sirlashamiz,
Gulbahor, keldi bahor,
Gulbahor, keldi bahor.

Senga mushtoq bo’lgan elga,
Ko’klamdan rizq tergan elga, (x2)
Hammadan ham ko’proq sevib,
Senga mehr bergan elga
Gulbahor, keldi bahor,
Gulbahor, keldi bahor.

Gul sochib har qadamimga,
Yarashibsan chamanimga, (x2)
Nurga ko’mib ham go’shasin
Kel navqiron Vatanimga.
Gulbahor, keldi bahor,
Navbahor, keldi bahor.

Kelaqol bir yuzlashamiz,
Dildan jo’shib so’zlashamiz,
Sirlarim ko’p sirlashamiz,
Gulbahor, keldi bahor,
Navbahor, keldi bahor.
Keldi bahor.



Бошка кушик матнлари:


Ro'zimuhammad Mo'minov, Sobirjon Mo'minov - Ko’z tegmasin
Yulduz Usmonova - Dunyolaridan
Ozodbek Nazarbekov - Sevib qoldim
Alisher Fayz, Xurshid Turdiev - Zo’r TV
Leyli - Yoronam kel


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты