Zohirshoh Jo'raev - Eshigingdan

Kuz kelsa ham shoshib biz tomon,
Qor bossa ham borliqni butkul,
Ko’klam kelib ursa ham xandon,
Eshigingdan o’tarman bir kun.
Ko’klam kelib ursa ham xandon,
Eshigingdan o’tarman bir kun.

Sochlarimga tushsa hamki oq,
Peshonamni bossa ham ajin, (x2)
Kirganda ham bag’rimga titroq,
Eshigingdan o’tarman bir kun. (x2)

Mayli mani tanimasang ham,
Va ko’rmayin desang ham yuzim, (x2)
Yoshim yutib, boshim qilib xam,
Eshigingdan o’tarman bir kun. (x2)

Eshigingdan o’tarman bir kun… {x2}

Vaqtim yetib chiqsa ham jonim
Va darg’amga yasalsa yakun,
Qabristonga tobut ichra jim,
Eshigingdan o’tarman bir kun.



Бошка кушик матнлари:


Feruza Normatova, Shohjahon Jo'raev - Yog‘ar qor
Musaxon Nurmatov - Tobut mingan otam
Aziz Rajabiy - Jim-jim
Jahongir Otajonov - Mayli
Setanho guruhi - Kuz


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты