Oxunjon Madaliyev - Yig’ladim

Yurakning bir bandi uzilgan kecha,
Asrlar singari cho’zilgan kecha, (x2)
Chimildiq ichida sening o’rningda
O’zga bir kelinchak suzilgan kecha,
Yig’ladim, yig’ladim, yig’ladim
Yig’ladim, yig’ladim, yig’ladim.

Taqdirmu boshimda o’ynagan qamchi,
Sochingmu armonim uchgan arg’amchi,
Chorlagandek bo’lar kimdur olisdan
Nahotki, senmusan o’shal aldamchi,
Bilmadim, bilmadim, bilmadim
Bilmadim, bilmadim, bilmadim.

Boshimni bog’lashdi, bog’landim, jonim,
Qalbimni dog’lashdi, dog’landim, jonim,
Sening huzuringa bormoqchi bo’lib
Necha bor chog’landim, chog’landim, jonim,
Bormadim, bormadim, bormadim
Bormadim, bormadim, bormadim
Bormadim, bormadim, bormadim.



Бошка кушик матнлари:


Oxunjon Madaliyev - Kelinchak
G'iyos Boytoyev - Oltin arg’amchi
Radius 21 - Senmusan
Shuhrat Vohidov - Kelinchak
Salom guruhi - Aldamchi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты