Radius 21, Zebo - Seni sevaman

[Zebo]
Seni eslayman yomg’irdan bo’sa olib,
Seni o’ylayman tunda tushdan uyg’onib.
Seni kutaman kelmasligingni sezib,
Seni sevaman o’zga borligin bilib. (x2)
Faryod chekib, ko’z yoshim to’kilsada yurakka,
Sening olmos ko’zlaringda ko’rolmadim men najot.
Dilim qon to’ksa ham sevgi bir bosganda tig’,
Javobingni ololmay seni kutaman, nahot?

[Shahzod – Radius 21]
Yiroqlardasan doim, qaylarda bo’lsang ham sen,
Nega uni tanlading bo’lmadimmu senga teng?
[Zebo]
Aybdorman sevgilim, hali-hali yo’q uyqu,
Yuragim senda edi, hayotim sen edingku.

Seni eslayman yomg’irdan bo’sa olib,
Seni o’ylayman tunda tushdan uyg’onib.
Seni kutaman kelmasligingni sezib,
Seni sevaman o’zga borligin bilib. (x2)

[Shahzod – Radius 21]
Sen bilan birga o’tkazgan onlarimni eslayman,
Nahot, arzimas narsalar muhabbatimdan afzaldir?
Pul-u, yosh, masofa va ishlaydigan soha,
Muhabbat o’zi xato o’ylab qarasa obdon.

[Zebo]
O’z-o’zimga past ketdim, bir kun ko’ying ko’ray deb,
Yuragimga darz ketdim, maqsadimga yetolmay.
[Shahzod – Radius 21]
Senga erisholmasam, ne kerak menga yurak,
Sensiz ko’nglimku zulmat, aytgin menga, netay men?

Seni eslayman yomg’irdan bo’sa olib,
Seni o’ylayman tunda tushdan uyg’onib.
Seni kutaman kelmasligingni sezib,
Seni sevaman o’zga borligin bilib. (x2)

[Shahzod – Radius 21]
Menda ne ayb aytgin, muhabbat ko’rganimmi?
Ko’zlaringni ko’rolmay har tunda o’lganimmi?
Oylarni yilga bog’lab men seni kutganimmi?
Yoki sening ismingni yurakka o’yganimmi?

[Zebo]
Agar xohlaganingda soniya ham kutmasdim,
Yuraging har zarbini har nafasing ulardim.
Hamon shirin so’zingni kutaman xumor bilan,
Shirin damlarimizni unutma yolvoraman.
(Unutma yolvoraman…)

Seni eslayman yomg’irdan bo’sa olib,
Seni o’ylayman tunda tushdan uyg’onib.
Seni kutaman kelmasligingni sezib,
Seni sevaman o’zga borligin bilib. (x2)
(Seni sevaman, seni sevaman, seni sevaman)

[Shahzod – Radius 21]
Seni sevaman…
[Zebo]
Seni sevaman…
[Shahzod – Radius 21]
Seni sevaman…
[Zebo]
Seni sevaman…
[Shahzod – Radius 21]
Seni sevaman…
[Zebo]
Seni sevaman…



Бошка кушик матнлари:


Kumush Razzoqova - Ketdi-ketdi
Dj Piligrim, Nilufar - Dilim
Safiya Saftarova - Sevgilim
Og'abek Sobirov - Onamga teng bo’la olmas
Manzura - Tanlading


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты