Asilbek Negmatov - Yuragimni ezding

Uzun-uzun sochlaringni
Hidlolmayman yig’layin,
Mayin-mayin yuzlaringni
Silolmayman yig’layin.
Shirin-shirin so’zlaringni
Tinglolmayman yig’layin.

Yuragimni ezding-a,
Hayotimni buzding-a. (2x)

Yulduz kabi porlagaysan,
Uzoqlardan chorlagaysan. (2x)
Ko’zlarimni yoshlagaysan.

Yuragimni ezding-a,
Hayotimni buzding-a. (2x)

Sanamlar ko’p atrofimda,
Xohlamasam quchog’imda,
Lekin sensan hayolimda.
Yuragimni ezding-a,
Hayotimni buzding-a, ey.

Bahor kabi yashnagan edim,
G’amim ortga tashlagan edim,
Omad qushin ushlagan edim.
Yuragimni ezding-a,
Hayotimni buzding-a.
Dod-a, dod-a, dod-a, yor-a…

O’zi buyuklar aytgan –
Inson yori, chin yori
Faqat vafodor Olloh.
Sening ishqingda, ey noraso,
Ko’p-ko’p qildim gunoh.

Yuzimga ajin tushdi,
Sochlarimda oq
Ko’rdim-a nogoh.
Yuragimni, yuragimni ezding-a,
Yuragimni ezding-a, jonim-a.

Iymonimni buzding-a, ey,
Iymonimni buzding-a.
Yuragimni ezding-a,
Yuragimni ezding-a,
Hey jonim-ey, jonim-ey.

Iymonimni buzding-a,
Yuragimni ezding-a.



Бошка кушик матнлари:


Abror Azizov - Omad
Kaniza - Iltijo
Bahrom Nazarov - Xato qildim
Rednex - Cotton-Eye-Joe
Alisher Fayz - Buyuklar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты