Munojot Yo'lchieva - Kecha kelgumdur debon

Kecha kelgumdur debon, ul sarvu gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yo’lida intizor,
Keldi jon og’zimg’ayu, ul sho’xi badxo’ kelmadi.

Ul parivash hajridinkim yig’ladim devonavor,
Kimsa bormukim, oni ko’rganda kulgu kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo’qsa kim qo’ydi qadam,
Yo’lg’akim, avval qadam ma’shuqi o’tru kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla hurram et ko’ngling uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.



Бошка кушик матнлари:


Dev - In My Trunk
Nilufar - Hurram
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Ozodbek Nazarbekov - Topilmas
Erkin Xudoyqulov - To’ying kuni


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты