Markaz guruhi - Ayol

Afu eting beray sizga bir savol,
Javob bering go’zal kelmasa malol:
Ishonasizmi bir bor ko’rishda
Kinolardek sevib qolishga?

Yoshi mendan olisda nafis ayol,
Kechalari siz tomon ketsa hayol,
O’ylanaman necha-necha bor
Yaxshi emas qilmayman inkor.

Uni deya ozaman aqlimdan,
Uni deya oshaman haddimdan,
Uni deya, faqat uni dastidan.

Tengsiz chiroyiz maftun etib meni,
Charos ko’zlariz sehrlar tinmay.
“Yoshim katta” degan so’zni qo’ying endi,
Yuragim sevadi mendan so’ramay.

Uni deya ozaman aqlimdan,
Uni deya oshaman haddimdan,
Uni deya, faqat uni dastidan.

Bu lablar, ko’zlar, so’zlarga erishgim kelar,
Nelar qilsam kelar, hayol seni istar.
Bu lablar, ko’zlar, so’zlarga erishgim kelar,
Nelar qilsam kelar, hayol seni istar.



Бошка кушик матнлари:


Yulduz Usmonova - Ayol
Shuhrat Qayumov - Yolg’iz ayol
Shahrizoda guruhi - Ayol
Hadicha Qurbonova - Yashagim kelyapti, onajon
Davron Ergashev - Nelar desam


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты