Sarvar va Komil - Sevgi dard

Yana alamli tun,
Hamon uyqu kelmas ko‘zingga,
Yana o‘sha surat qo‘lingda,
Yig‘layapsan, ko‘zingda yosh.

Bilmaydi u bag‘ritosh,
U uchun sevging o‘yinchoq,
Sen uning uchun bir ovunchoq,
Nega hamon umid uzganing yo‘q?

Sevgi o‘zi shudayin dard,
Sevgan inson kuyar faqat.
Og‘riq soladi beshafqat,
Qalbingda qolar to abad.

Hayot shunday, deb o‘ylama,
Umid so‘ndirib, yig‘lama.
Yaralangan sof yurakning
Uvoli bor, unutma, unutma, unutma!

Bahor o‘tadi, kuz,
Hamon uni kutib yashaysan.
Nega tinmay o‘zing aldaysan?
To‘karsan behuda ko‘zyosh.

Kelmaydi u bag‘ritosh,
Seni allaqachon unutgan,
Yuragini o‘zgaga tutgan,
Bilsang, u ham sendek aldangan.

Ha, sevgi shunday, gohi kechaveramiz,
Qadriga yetmay, gohida tushunmay.
Tuyg‘uni xor qilamiz, yolg‘on izhor qilamiz,
Xuddi bir o‘yinday biz uni rad etamiz.

Qiynaydi dard, alam, tinchlik bermaydi bir dam,
Sevgi qasos oladi, uni niqob qilgandan.
Qaytar dunyo, u ham albat ko‘zyosh to‘kadi,
Sevgi azobini faqat sevgan biladi.

Sevgi o‘zi shudayin dard,
Sevgan inson kuyar faqat.
Og‘riq soladi beshafqat,
Qalbingda qolar to abad.

Hayot shunday, deb o‘ylama,
Umid so‘ndirib, yig‘lama.
Yaralangan sof yurakning
Uvoli bor, unutma, unutma!

Sevgi o‘zi shudayin dard,
Sevgan inson kuyar faqat.
Og‘riq soladi beshafqat,
Qalbingda qolar to abad.

Hayot shunday, deb o‘ylama,
Umid so‘ndirib, yig‘lama.
Yaralangan sof yurakning
Uvoli bor, unutma, unutma, unutma!

Unutma…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Benom guruhi - Sevgi dard
Benom guruhi - Sevgi dard
Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin
Shoira Otabekova - Alamli
Shaxriyor, Yulduz Usmonova - Dam-badam


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты