Imron, Yulduz Usmonova - Buxorodan kuyov qiling

[Yulduz Usmonova]
Har bir qizning baxtidan bor umidlari,
Ko`ngil so`rang qalam qoshdan, nigorodan.
Yigitmisan yigit erur yigitlari,
Buxorodan kuyov qiling, Buxorodan.

Mehmon bo`lsa, yashnatadi ko`zingizni,
Ikki qilmas bitta aytgan so`zingizni.
Eng muhimi, baxtli etar qizingizni,
Buxorodan kuyov qiling, Buxorodan. (x2)
Buxorodan kuyov qiling, Buxorodan.

[Yulduz Usmonova va Imron]
Samarqanddan kuyov qiling, yor-yor yoroney,
Samarqanddan topilmasa, yor-yor yoroney,
Buxorodan kuyov qiling, Buxorodan,
Buxorodan kuyov qiling, Buxorodan.

[Imron]
Ular bilan fayzli shahrim ko`chalari,
Qizingizning shirin kechar kechalari.
Liq to`ladur onasining bug`chalari,
Buxorodan kuyov qiling, Buxorodan.

Kuyov emas, o`g`il bo`lar uyingizda,
Sarpolar yashnab turar bo`yingizda.
Yulduzxonni eslab qo`ying to`yingizda,
Buxorodan kuyov qiling Buxorodan.

[Yulduz Usmonova]
Kuyov emas, o`g`il bo`lar uyingizda,
Sarpolar yashnab turar bo`yingizda.
Imronni ham eslab qo`ying to`yingizda,
Buxorodan kuyov qiling, Buxorodan. {x2}

[Yulduz Usmonova va Imron]
Samarqanddan kuyov qiling, yor-yor yoroney,
Samarqanddan topilmasa, yor-yor yoroney,
Buxoroga yo`llar oling, Buxoroga,
Buxoroga qarab yuring, Buxoroga.

Samarqanddan kuyov qiling, yor-yor yoroney,
Samarqanddan topilmasa, yor-yor yoroney,
Buxorodan kuyov qiling, Buxorodan,
Buxorodan kuyov qiling, Buxorodan.

Buxoroga yo`llar oling, Buxoroga,
Buxoroga qarab yuring, Buxoroga.



Бошка кушик матнлари:


Ozodbek Nazarbekov - O’zbegim yigitlari
Jasur Mirsagatov - Yor-yor
Abdurashid Yo'ldoshev, Sarbon guruhi - Shahrisabz
Sharofiddin Murodov - O’zingizni ehtiyot qiling
Dilso'z - Yigit boshi egilmasin


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты