Hamdam Sobirov - Yigit

Agar yigit yig`lasa,
Tog`lar qaddin egarkan.
Har yigitning boshida
Har xil sinov bo`larkan.

Shafqat bilmas dunyo bu,
Kimgadir gul, kimga tikan.
Umidingni hech sindirma,
Dard davosi sabr ekan.

Ey yigit, qo`y yig`lama,
Qaddingni baland ko`tar.
Siqilmagin, bu kunlar ham
Bir kuni o`tar ketar.

Ey yigit, qo`y yig`lama,
Boshingni baland ko`tar.
Egilmagin, bu kunlar ham
Bir kuni o`tar ketar.

Ko`ngilda hech halovat yo`q,
Omad eshik ochmasa.
Davralarda so`z yo`q,
Yigitda pul bo`lmasa.

Umr shunday savdo ekan,
Bir dardkashing bo`lmasa.
Bilgin yigit, hech kimsan
Agar Xudo bermasa.

Ey yigit, qo`y yig`lama,
Qaddingni baland ko`tar.
Siqilmagin, bu kunlar ham
Bir kuni o`tar ketar.

Ey yigit, qo`y yig`lama,
Boshingni baland ko`tar.
Egilmagin, bu kunlar ham
Bir kuni o`tar ketar.



Бошка кушик матнлари:


Abror Azizov - Omad
Kamoliddin Rahmatov - Yigit yig’lasa
Imron - Yomon bo’lar ekan
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Umidaxon - Dunyo


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты