Dilshod Rahmonov - Dilbarim kel

Qaro sochlaringni surtib yuzimga,
Har bir tolasiga bayt bitardim. (x2)
Qorong`u ko`rinsa dunyo ko`zimga,
Qorong`u sochingga kirib ketardim.

Dilbarim kel, dilbarim kel,
Dilbarim kel, dilbarim kel.

Nafasimdan titrar soching tolasi,
Qirq o`rim soch posbon turar boshimda. (x2)
Tim qaro sochlaring yumshoq nolasi
Behadik cho`milar manim yoshimda.

Dilbarim kel, dilbarim kel,
Dilbarim kel, dilbarim kel.

Qora sochlaringni silashdan ortmay,
O`tkazardim har kun, har tunni. (x2)
Bir kun san ketibsan mani uyg`otmay,
Sochlaring o`rnida qoldi tuni.

Dilbarim kel, dilbarim kel,
Dilbarim kel, dilbarim kel.
Dilbarim kel, dilbarim kel,
Dilbarim kel…



Бошка кушик матнлари:


Yodgor Mirzajonov - Qora soch
Sherali Jo'rayev - O’zbekiston
Zamir - San-san
Firdavs - Qaro soching
Alisher Fayz - Qoshi qora


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты