YOG‘ (RAVG‘AN) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi yog‘ molu ne’matdir, ba’zilarning aytishicha, merosni bildiradi. Tushida mol yog‘ini topsa va undan yesa, uning miqdoricha molu ne’mat topishini va odamlar orasida aziz bo‘lishiga dalildir. Isiriq yog‘i ham shu ta’birga ega. Biroq mol yog‘i dumba yog‘idan yaxshiroqdir. Bodom va kunjut yog‘i molu ne’mat bo‘ladi. Qimmatbaho boshqa yog‘lar, masalan, balason (balzam), binafsha va zaytun yog‘lar dehqondan yetadigan manfaatlar bo‘ladi. Zaytun yog‘ining o‘zi arabdan yetadigan foydadir. Nargis yog‘i qishloqdan topiladigan foydani bildiradi. Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushida barcha tani yog‘ bilan bo‘yalganini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir. Tushida boshiga yog‘ surayotganini ko‘rsa, zebu ziynatni bildiradi. Yog‘ni xushbo‘y ekanini ko‘rsa, masalan, binafsha yoki yosuman yog‘i bo‘lsa, dunyo ziynatiga dalildir. Xushbo‘y yog‘larning hammasi yaxshilikka dalil bo‘ladi. Yog‘ning hidi badbo‘y yoki yoqimsiz bo‘lsa yuqoridagilarning aksidir. Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi zaytun yog‘i molu ne’matga dalildir. Tushida bir kishining boshqa kishiga yog‘ surtayotganini ko‘rsa, o‘sha kishiga makru hiyla qilishini bildiradi. Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida o‘ziga yog‘ surtayotganini ko‘rsa, ziynatni bildiradi, lekin oxiri g‘amu anduxdir. Tushida ko‘kragini yog‘layotganini ko‘rsa, yolg‘on qasam ichishini bildiradi. Ismoil Angas (r.a.) aytadiki, tushida zaytundan boshqa yog‘larning hammasi yomon bo‘lib, zaytun yog‘ini iste’mol qilish mol, tanga surtish g‘amu anduhdir. Tushida libosi yog‘ bilan bo‘yalganini ko‘rsa, g‘am tortishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi xushbo‘y hidli yog‘ olti narsaga dalildir: chiroyli ayolga; kanizakka; yaxshi maqtovga; foydaga; yoqimli so‘zga va xush tabiatga. Badbo‘y yog‘ uch narsani bildiradi: buzuq ayolni; ikkinchi-fisqni; uchinchi-yomon so‘zni.