SHER (SHIR) Agar tushida sher bilan jang qilayotganini ko‘rsa, dushman bilan jang qilishiga va dushman ustidan g‘olib bo‘lishiga dalildir. Sherning orqasidan kelayotganini, biroq unga yetolmayotganini ko‘rsa, podshohdan qo‘rquv yetishiga dalildir. Agar sherdan qochayotganini, biroq sher uning izidan tushmayotganini ko‘rsa, qo‘rqqan narsasidan omon bo‘lishiga dalildir. Agar sher go‘shtini yeyayotganini ko‘rsa, podshohdan sarpo topishiga daliddir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sher podshohni bildiradi. Agar sher bilan jinsiy yaqinlik qilganini ko‘rsa, podshoxdan xorlik ko‘radi. Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida podshoh unga sher berganini ko‘rsa, uni birorta viloyatga hokim qilishiga dalildir. Agar sherning orqasiga o‘tirganini ko‘rsa, ulug‘lik topishiga dalildir. Jobir (r.a.)ning aytishicha, tushdagi erkak sher podshoh, moda sher podshohning xoginini bildiradi. Agar moda sherni sog‘ayotganini ko‘rsa, podshohning dabiri (kotibi) bo‘lishiga dalildir. Agar bu tushni ayol kishi ko‘rsa, podshohning o‘g‘liga doya bo‘lishiga dalildir. Agar sherni o‘z orqasiga ko‘targanini ko‘rsa, dushman ustidan g‘alaba qilishiga dalildir. Agar sher uni tishlab olganini ko‘rsa, dushmandan zarar yetishiga dalildir. Agar sherni quchoqlab olganini ko‘rsa, podshohning sozandasi bo‘lishiga dalildir. Agar sher bilan taom yeyayotganini ko‘rsa, podshoh molini yeyishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sher uch narsaga dalildir: podshohga; botir kishiga; kuchli dushmanga.