Tushda hammom ko`rsa nima bo`ladi.

Tushda hammom ko`rsa nima bo`ladi.
Tushda hammom ko`rsa nima bo`ladi. Tushida cho’milganini ko’rgan kishi kasal bo’lsa, sog’ayadi. Hammomga kirganini ko’rgan kishi uy bekasi tomonidan ranjitiladi. Hammomda o’tiradigan joy topgan kishi bir ayol bilan gunohishlar qiladi, yomonotliqbo’ladi. Hammomda cho’milganini ko’rgan kishi dushmanlari tufayli xafagachilik va kasallikka duchor bo’ladi.

Tushda banya
Hammom qamoqxona va do’zaxga ham ishoradir. Biror kishi tushida o’lgan odamni hammomda ko’rsa, uning egnida eski-tuski kiyimlar bo’lsa, mahram joylari ko’rinsa, bu o’likning zimmasida bandaning haqi borligidan dalolatdir. Erkak-ayolning hammomda birga cho’milayotganini ko’rish adolatning toptalishi, bid’at va shubhali narsalarning yoyilishiga ishoradir. Hammomni boshpana qilib olgan kishi gunohga qasd qilgan bo’ladi. Hammomda cho’milganidan keyin chiqqanini ko’rgan kishi xotinining qarzi yoki qayg’usidan qutuladi. Qorong’i hammom qamoqxona demakdir.

Tushda cho`milish
Hammomda ayollar bilan birga bo’lgani, ayollarni undan qochmaganini ko’rgan kishi qiyofasi yoki jinsini o’zgartiradi. Qadimdan hammom jahannam, hammom go’lahi

  • jahannam qo’riqchisi; hammom fohishaxona, hammomchi
  • boshliq; hammom zindon, hammomchi – turma nazoratchi- si; hammom dengiz, hammomchi – kema darg’asi, deb ta’bir qilingan.
  • Tushda hassa ko’rish tush ko’rgan kishining boshqalardan yordam so’rashga majbur bo’lishiga ishoradir. Do’sti tomonidan hassa berilishi uning muhim ishda ko’mak berishi- ni bildiradi.
  • Tushda haykal ko’rish kuch-qudratga ishora sanaladi.
  • Tushida haykal ko’rgan homilador ayol o’g’il tug’adi. Tushi- da haykal ko’rgan kishi mansab pillapoyasidan yuqoriga ko’tariladi. Davlat arbobi shunday tush ko’rsa, sayohatlarga chiqadi, yangi tanishlar orttiradi. Haykal yasalgani yoki tashiganini ko’rgan kishi san’atkor bo’lsa, vafotidan keyin ham san’ati qadrlanadi. Oddiy kishining haykal ko’rishi yangi tanishlar orttirishiga ishoradir.
  • Tushida hayz bo’lganini ko’rgan ayol diniy vazifalarini to’la bajarmayotgan bo’ladi. Xotinining hayz ko’rgan erkakning ishlari qiyinlashadi. Farzand ko’rmagan ayol tushida hayz ko’rsa, farzandli bo’ladi.


Tushda g’usl qilganini ko’rish har tomonlama yaxshidir. Tushida qish kuni sovuq suv bilan g’usl qilganini ko’rgan kishi kasal bo’ladi yoki qattiq ranjiydi. Issiq suv bilan g’usl qilish foyda, shifodan darakdir. Bayram uchun g’usl qilganini ko’rgan kishi bo’ydoq bo’lsa, uylanadi. G’usl qilib yangi ko’ylak kiyganini ko’rgan kishiningg’ami ariydi, g’usl qilgandan keyin eski kiyim kiygan kishining g’am-qayg’usi engillashadi, ammo kambag’allashadi. Tushda notanish ayolning g’usl qilganini ko’rish yomg’ir yog’ishidan darakdir.
 
 



Tushda hammom | Тушда хаммом
Tushda hammom | Тушда хаммом
Tushda qamoqxona ko`rsa nima bo`ladi.
Yulduz Usmonova - Ayol
Tushda kasal ko`rsa nimani bildiradi.


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты