AYDAXO — AQSH shim.-gʻarbidagi shtat. Katta qismi togʻlardan iborat. Shim. va markazida Qoyali togʻlar, sharqida Kolumbiya platosi, jan. da Sneyk daryosi tekisligi bor. Mayd. 216,4 ming km2. Aholisi 1,1 mln. kishi (1992), jum-ladan, shahar aholisi 47,5%. Maʼmuriy markazi — Boyse sh. 3 mingga yaqin mahalliy xalq — indeyslar bor. Shim. qismida konchilik sanoati va rangli metallurgiya (qurgʻoshin, pyx), jan. qismida sugʻoriladigan dehqonchilik (Sneyk daryosi va uning irmoqlari vodiylarida) iqtisodiyotining asosini tashkil etadi. Sugʻoriladigan ekin maydoni ishlanadigan yerlarning 1/3 qismini band qilgan. Asosiy ekinlari: kartoshka (ekin maydoni jihatidan AQSH da 1-oʻrinda, yalpi hosili jihatidan 2-oʻrinda turadi); qand lavlagi (AQSHda qand lavlagining 1Gʻ10 qismi), bugʻdoy va yem-xashak ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik, yaylov chorvachiligi rivojlangan. Q. x. tovar mahsulotining yarmiga yaqinini chorvachilik beradi. Aydaxoda kumush, rux va qoʻrgʻoshin qazib chiqariladi. Fosforit zaxirasi katta. Ishlab beruvchi sanoatda asosiy tarmoqlari — rangli metallurgiya (Kellogg), oziq-ovqat sanoati, oʻrmonchilik. Shtatning markaziy qismida atom energiyasi sohasida ilmiy ish olib boradigan yirik markaz bor. Turizm (Quyosh vodiysi va b.) rivojlangan, kurort koʻp. Amerikani gʻarbdan sharqqa kesib oʻtadigan 2 ta t. y. magistrali Aydaxodan oʻtadi.