AYOVA

AYOVA — AQSHning Oʻrta Gʻarbidagi shtat. Mayd. 146 ming km2. Aholisi 2,8 mln. kishi (1992). Maʼmuriy markazi — De-Moyn sh. «Makkajoʻxori mintaqasi»ning markazi. Q. x. mahsuloti qiymatiga koʻra AQSHda (Kaliforniyadan soʻng) 2-oʻrinda turadi. Tabiiy sharoiti qulay. Missisipi va Missuri daryolarining pastroq (400—500 m) tekis suvayirgʻichida joylashgan. Partov yerlar kam. Iqlimi moʻtadil kontinental, yogʻinning yarmidan koʻprogʻi (yiliga 700—1000 mm) koʻklam-yoz oylarida yogʻadi, tuproqlari unumdor qora-tuproq va qoramtir tuproq. Q. x. rivojlangan. Shtat hududining 70% ekinzor, 11% yaylov, 7% ni oʻrmonlar tashkil etadi. Ekin maydonining koʻp qismi yem-xashak ekinlari: makkajoʻxori (48-50%), suli (25-26%), oʻtlar (15—16%) bilan band. Loviya koʻp ekiladi. Q. x. tovar mahsuloti qiymatining 80% chorvachiliqdan keladi; qoramol, choʻchqa boʻrdoqiga boqiladi. Q. x. yaxshi mexanizatsiyalashgan. Foydali qazilmalardan qurilish materiallari va bir oz koʻmir qazib chiqariladi. Ishlab beruvchi sanoat tarmoqlaridan, asosan, oziq-ovqat sanoati, shuningdek q. x. mashinalari va inventarlari i. ch. rivojlangan. 2-jahon urushidan soʻng Ayovada bir qancha harbiy sanoat korxonalari qurildi (Davenport, Dubyuk va b. portlarda). Missisipi va Missuri daryolarida kema qatnaydi. Transport yoʻllari yaxshi rivojlangan. Ayovada makkajoʻxori seleksiyasi tadqiqot in-ti bor.


Lotin alifbosida maqola: AYOVA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AHOLI
AYDAXO
ADIGEYa
Janob Rasul - Ming’ir-ming’ir
Tushda ekinzor | Тушда экинзор


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты